Nazarboyev BAAda muhim kelishuvlarni imzoladi

  • 25-03-2018, 00:27
  • 1 012
  • Dunyo
  • Nazarboyev BAAda muhim kelishuvlarni imzoladi
    Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtiga yetib keldi. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabariga asosan Kun nashri ma’lum qiladi.

    Davlat rahbarini tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, Nazarboyev va BAA Qurolli kuchlari Oliy qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zaid o‘rtasida yuksak martabali uchrashuv tashkil etildi.

    “Mening BAAga tashrifim shayx Zaid ibn Sultonning 100 yilligiga to‘g‘ri keldi. Men otangizni shaxsan taniganimdan faxrlanaman”, deb fikr bildirdi Qozog‘iston prezidenti.

    Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar tufayli o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2017 yilda 374 million AQSH dollaridan 643 million AQSH dollariga yetgani alohida ta’kidlandi.

    Foto: Aqorda matbuot xizmati
    Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va chet el sarmoyasini kafolatli himoya qilish to‘g‘risidagi kelishuvga imzo chekdi. Shuningdek, O‘trov oblastida polietilen ishlab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan gaz-kimyo kompleksini qurish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.

    Nursulton Nazarboyev Morport Aktau hududidagi MCHJ shaklida faoliyat yurituvchi maxsus iqtisodiy zonaning 49 foiz aksiyalarini sotishga rozilik berdi.

    Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qozog‘iston Tashqi ishlari vazirligi BAA bilan fuqarolarning vizasiz tartibda ikki mamlakatga tashrif buyurishiga doir shartnomani imzolagandi.

    » » Nazarboyev BAAda muhim kelishuvlarni imzoladi