22:45 / 25.03.2018
4 470

Kemerovoda yirik yong‘in. 4 bola halok bo‘ldi, 17 kishi bedarak yo‘qoldi (video)

Kemerovoda yirik yong‘in. 4 bola halok bo‘ldi, 17 kishi bedarak yo‘qoldi (video)
Rossiyaning Kemerovo shahri markazidagi “Zimnyaya vishnya” ko‘ngilochar dam olish markazida yirik yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi, yana 17 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

“Bolalarning jasadlari kinoteatr zalidan topildi. Hozircha 17 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda”, deyilgan manbada.

Ayni vaqtda hodisa joyida evakuatsiya ishlari olib borilgan, voqea joyida shahar favqulodda xizmat boshqarmasi xodimlari ish olib borishmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘in kinozallardan birida boshlangan. Qutqaruvchilar kelib, 200 dan ortiq kishini binodan olib chiqishgan.

Yong‘in 450 kv metr maydonni qamrab olgan. Politsiya bino atrofidagi odamlar to‘planmaslikni so‘ramoqada.

Internetda tarqalgan videolardan birida yong‘in ichida qolgan binodan bir kishi o‘zini tashlaganini ko‘rish mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kemerovoda yirik yong‘in. 4 bola halok bo‘ldi, 17 kishi bedarak yo‘qoldi (video)