22:15 / 26.03.2018
4 324

AQSh rossiyalik 60 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqda

AQSh rossiyalik 60 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari rossiyalik 60 nafar diplomatga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muddat berdi. Bu haqda RIA «Novosti» tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra Kun nashri ma’lum qilmoqda.

AQSh hukumati «Skripal ishi» tufayli mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboradi.

«Biz mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboramiz. Hammasi bo‘lib 60 diplomat», - deya aytib o‘tgan Oq uydagi manba.

Ta’kidlanishicha, AQSh «rossiyalik o‘nlab razvedkachilarni» chiqarib yuborish hamda Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligini yopish haqida qaror qabul qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh rossiyalik 60 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqda