Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘arb davlatlari rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha qabul qilgan qarorlarga munosabat bildirdi.
Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, Rossiya bu qadamni «do‘stona bo‘lmagan va Solsberidagi voqea sabablari va aybdorlarini aniqlash vazifasiga mos bo‘lmagan» qadam sifatida ko‘radi va bu qaror o‘z oqibatlariga ega bo‘ladi.
«Skripal ishida yevroatlantika birdamligi prinsipi bilan Londonni qo‘llab-quvvatlagan ittifoqchilar sog‘loq aqlga va davlatlaro muloqot hamda xalqaro huquq normalariga zid ish tutishdi. Bu bir guruh davlatlarining do‘stona bo‘lmagan qadami izsiz ketmaydi va biz bunga o‘z javobimizni qaytaramiz», deyilgan vazirlik bayonotida.
Bugun, Amerika Qo‘shma shtatlari, Kanada, Ukraina va Yevropa Ittifoqining 14 davlati Buyuk Britaniya ortidan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarori haqida birin-ketin ma’lum qilishdi. Bu orqali ushbu davlatlar Buyuk Britaniyada mart oyi boshida Angliyaning Solsberi shahrida kimyoviy modda bilan zaharlangan Sergey Skripal ishida rasmiy Londonni qo‘llab-quvvatlashini namoyish etishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!