AQSh prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash darajasi oxirgi oyda 7 foizga oshib, 42 foiz ko‘rsatkichga yetdi. Bu respublikachi uchun oxirgi 11 oydagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda CNN telekompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi Daryo nashri «TASS»ga tayanib.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 42 foizi davlat rahbari majburiyatlarini bajarish tarzini ma’qullaydi, 54 foizi uning ishidan noroziligicha qolmoqda. Fevral oyida o‘tkazilgan shunday tadqiqot bilan taqqoslaganda ko‘rsatkich 7 foizga oshgan.
So‘rovnoma qatnashchilarining aksariyati Amerika yetakchisining iqtisodiy siyosati yuzasidan ijobiy fikr bildiradi: 48 foizi uni ma’qullaydi, 45 foizi norozi. Prezidentning savdo-sotiq borasidagi harakatlaridan 50 foizi salbiy, 38 foizi ijobiy fikr bildiradi. Trampning tashqi siyosat yo‘nalishini 39 foiz amerikaliklar ma’qullaydi, 53 foizi salbiy fikrda ekanligini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi