23:26 / 27.03.2018
5 535

Turkiyada eskalator yo‘lovchini “g‘ajib tashladi” (video)

Turkiyada eskalator yo‘lovchini “g‘ajib tashladi” (video)
Istanbulda bir erkak buzilib qolgan eskalatorning ichiga tushib ketdi. Bu haqda Turkiyaning Hurriyet nashri xabariga tayanib Kun.uz ma’lum qilmoqda. Voqeaning videosi YouTube’da joylashtirilgan.

Voqea “Ayazag‘a” metro stansiyasida yuz bergan. Videoda metro yo‘lovchilari to‘xtab qolgan eskalatordan tushishayotgani ko‘rish mumkin. Lahzalardan birida eskalator ishga tushib ketgan. Biroq uning bir qismida zinalari bo‘lmagan.

Eskalator ishga tushganda yuzaga kelgan silkinishdan odamlar yiqila boshlashgan. Bir erkak eskalator chetidagi to‘siqni ushlab olmoqchi bo‘lgan, biroq zinalar yo‘q joydan eskalator mexanizmi ichiga tushib ketgan.

Erkakni qutqarish bo‘yicha amaliyot bir soat davom etgan. U shifoxonaga jo‘natilgan. Ta’kidlanishicha, uning hayoti xavf ostida emas. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, nosoz eskalator oldida bu haqda ogohlantiruvchi belgi turgan, biroq odamlar unga e’tibor qaratishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada eskalator yo‘lovchini “g‘ajib tashladi” (video)