10:24 / 28.03.2018
10 660

Hindistonlik ilon avrovchini bo‘g‘ma ilon o‘ldirib qo‘yayozdi (video)

Hindistonlik ilon avrovchini bo‘g‘ma ilon o‘ldirib qo‘yayozdi (video)
Hindistonda namoyish paytida ilon avrovchini bo‘g‘ma ilon sal bo‘lmasa bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yayozdi, deya xabar bermoqda Ria.ru nashri.

Ilon avrovchi odamlarni tomosha qilishga chorlagan va bo‘g‘ma ilonni bo‘yniga o‘rab olgan. Keyin yerga o‘tirib yengashib sumkasidan nimadir olmoqchi bo‘lgan paytda bo‘g‘ma ilon egasini bo‘g‘a boshlagan.

Ushbu voqeani tomosha qilayotganlar avvaliga buni tomoshaning bir qismi deb o‘ylashgan. Ilonning bug‘ishidan xalos bo‘lishga uringan hind hushidan ketgan.

Shundan so‘ng ilonni arang yechib olishgan. Ilon avrovchini esa Varanasidagi shifoxonaga jo‘natishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik ilon avrovchini bo‘g‘ma ilon o‘ldirib qo‘yayozdi (video)