11:20 / 28.03.2018
4 541

Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashdi (foto)

Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashdi (foto)
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyga rafiqasi bilan tashrif buyurib, XXR raisi Si Szinpinni qayta saylangani bilan shaxsan tabrikladi va Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabariga asosan Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Foto: Xinhua/Ju Peng
Xabarga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchisi jahon va mintaqadagi hozirgi siyosiy vaziyat, shuningdek, KXDR hamda Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.

«Biz KXDRdan bo‘lgan do‘stlarimiz bilan hamkorlik qilishni xohlaymiz, bu kelajakka birga intilish uchun kerak – shu tariqa biz mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli va sog‘lom munosabatlarga ko‘mak ko‘rsatamiz hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uchun ishlaymiz, shuningdek, mintaqadagi tinchlik, barqarorlik hamda rivojlanish asoslarini yo‘lga qo‘yamiz», - deya aytib o‘tdi Si Szinpin.

Foto: Xinhua/Yao Dawei

Foto: Xinhua/Yao Dawei
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashishga tayyor ekanini yana bir marta tasdiqlagan.

Kim Chen In va uning rafiqasining Xitoyga tashrifi 25-28 mart kunlari amalga oshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashdi (foto)