23:26 / 29.03.2018
4 786

O‘zini "posilka qilib" jo‘nattirgan o‘g‘ri qo‘lga tushdi

Ўзини "посилка қилиб" жўнаттирган ўғри қўлга тушди
Xarkov sudi o‘zini Dneprdan posilka qilib jo‘natgan ixtirochi o‘g‘riga hukm chiqardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Komintern tuman sudining hukmiga ko‘ra, jinoyatchi uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2017 yilning 21 dekabr kuni erkak yog‘och quti yasagan va uni tanishidan pochta orqali yuborishni iltimos qilgan. Shundan keyin o‘zi quti ichiga yashirinib olgan.

Mazkur pochta jo‘natmasi boshqalari bilan yuk mashinaga ortilgan. Yo‘lda jinoyatchi yog‘och qutini pichoq bilan ochib chiqqan va boshqa posilkalarning ichida bo‘lgan noutbuk, soat va mobil telefonni o‘g‘irlagan. O‘ljani qo‘lga kiritgach, yana yog‘och qutining ichiga yashiringan.

Jinoyatchi o‘ylagan reja amalga oshmadi. Xarkov pochtasi xodimlari uning sirini fosh etib, erkakni politsiya qo‘liga topshirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zini "posilka qilib" jo‘nattirgan o‘g‘ri qo‘lga tushdi