Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon “Vashington Post”ga bergan intervyusida: “Biz vahhobiylikka sovuq urush davrida ittifoqdoshlarimiz talabi bilan Sovet ittifoqining Islom dunyosiga kirib borishi va uning ta’siriga kirib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun insvestitsiya kiritganmiz”, dedi.
“Vashinton Post” muxbirining terrorni vahhobiylikka nisbat berilishi haqidagi savoliga valiahd: “Saudiyaning masjid va madrasalarga sarmoya kiritishi ildizlari Sovuq urush davrida itifoqdoshlarni Sovet ittifoqini Islom davlatlarida nufuzi ortishiga qarshi harakat qilishga bo‘lgan talabiga borib taqaladi”, deb javob berdi.
Intervyu davomida Ibn Salmon Saudiyaning avvalgi hukumatlarni yo‘ldan adashganligini va bugun barcha ishlarni o‘z o‘rniga qaytarish shartligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda hukumat vahhobiylikni moliyalashtirmayapti. Endi uni qirollikda joylashgan hukumatiga tegishli bo‘lmagan idoralar moliyalashtiryapti.
Shuningdek, u Yaman urushi haqida ham gapirib: “Biz Yamanda gumanitar ahvolni yaxshilash uchun bo‘lgan kichkina fursatni ham qo‘ldan boy bermaymiz”, degan. Vaholanki Saudiya va BAA boshchiligidagi kaolitsiya 5 ming nafar tinch aholi vakilini o‘ldirgani aytilyapti.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi