16:17 / 31.03.2018
4 214

Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik to‘xtatilganini ma’lum qildi

Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik to‘xtatilganini ma’lum qildi
Ukraina hukumati Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha dastur to‘xtatilgani haqidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda RIA «Novosti» ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

«Ukraina Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Ukraina va Rossiya Federatsiyasining 2011-2020 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi to‘xtatiladi. U Moskvada 2011 yilning 7 iyun kuni imzolangan edi. Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi hukumatini Ukraina Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xabardor etsin», - deyiladi qarorda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni butkul uzmoqchi ekani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik to‘xtatilganini ma’lum qildi