13:53 / 01.04.2018
3 930

General AQShning IShIDga qarshi kurashish strategiyasini oshkor qildi

General AQShning IShIDga qarshi kurashish strategiyasini oshkor qildi
AQShning IShIDga qarshi kurashish strategiyasi Suriya va Iroqdagi amaliyotlarda bevosita ishtirok etishdan tashqari, ushbu terrorchilik guruhiga qarshi kurashda boshqa davlatlarga yordam berishni ko‘zda tutadi. Bu haqda AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi qo‘mondoni, general Robert Neller aytib o‘tdi.

General IShIDga qarshi kurashish milliy strategiyasi bo‘yicha Atlantika kengashidagi yig‘ilishda boshlovchining savoliga IShID Shimoliy Afrikada faollashgani sababli, AQShda IShIDga qarshi butun mintaqa bo‘ylab mustaqil kurashish uchun imkoniyatlar yetarlicha emasligini tan olgan. Generalning ta’kidlashicha, milliy xavfsizlik strategiyasi boshqa davlatlar bilan ittifoq yaratishni ko‘zda tutadi va AQSh terrorchilikka qarshi samaraliroq kurashish uchun boshqa davlatlarga yordam berishda yetarlicha imkoniyatlarga ega.

“Dunyo katta va shu sababli milliy xavfsizlik strategiyasida ittifoqlar va sherikchiliklar yaratish zarurligi aytilgan. Bizda terrorchilikka qarshi mustaqil kurashish uchun yetarlicha kuch yo‘q va biz buni yakka o‘zimiz qilmaymiz. Biroq biz boshqa davlatlarga ular o‘zlarining aksilterrorchilik bo‘linmalari va xavfsizlik kuchlari samaradorligini oshirishi uchun yordam bera olamiz”, deb aytgan Neller.

General AQSh ayni vaqtda Nigeriya, G‘arbiy Afrika davlatlari va yana boshqa davlatlarning IShID tahdidiga qarshi kurashish imkoniyatini oshirish maqsadida fransiyalik, britaniyalik va italiyalik hamkorlar bilan ishlayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Hozir Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlardan hamkorlarimiz bilan ishlamoqdamiz. Biz Nigeriya, G‘arbiy Afrika davlatlari va yana boshqa davlatlarga yordam bermoqdamiz”, deb aytgan general.

Neller boshqa davlatlarga yordam berish zarurligini “AQSh qurolli kuchlari oxir-oqibat bu mintaqani tark etishi” va mahalliy xavfsizlik kuchlariga terrorchilikka qarshi mustaqil kurashishga to‘g‘ri kelishi bilan tushuntirgan.

Avvalroq AQSh Afrikaning Sahel tumanida terrorchilikka qarshi kurashish uchun 60 mln dollar ajratishi ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » General AQShning IShIDga qarshi kurashish strategiyasini oshkor qildi