Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi

  • 01 aprel 2018, 17:26
  • 2 573
  • Dunyo
  • Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi
    30 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning qarori bilan uning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deb yozadi Daryo Tengrinews'ga tayanib.

    Turkmanistonning TDH davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuniyoq Turkmaniston parlamentiga saylovlar natijalari e’lon qilindi. Serdar Berdimuhamedov 25 700 nafar saylovchilarning ovozini yoki jami ovozlarning 91,42 foizini qo‘lga kiritdi.

    Turkmaniston konstitutsiyasining 87-moddasiga ko‘ra, Majlis deputati bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi a’zosi, hokim, archin, sudya, prokuror lavozimini egallay olmaydi.

    Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari rasman Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydi, shu sababli bu yerda qonun buzilishi yo‘q.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi