20:20 / 02.04.2018
5 690

Qaynonasini o‘ldirgan kelinning kirdikorini Apple Watch fosh etdi

Qaynonasini o‘ldirgan kelinning kirdikorini Apple Watch fosh etdi
Avstraliyada sodir etilgan jinoyatni aniqlashda huquq-tartibot idoralariga Apple Watch ko‘rsatkichlari yordam berdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Nashrning yozishicha, Mirna Nilsson ismli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketilgan edi. Uning kelini Kerolayn Nilsson politsiyaga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, ayolga “yo‘lda sodir bo‘lgan to‘polondan so‘ng ko‘chadan bostirib kirgan odamlar guruhi hujum qilgan”.

Xabarga ko‘ra, Mirnaning qo‘liga bu paytda Apple Watch taqilgan bo‘lgan, smart-soatning ma’lumotlari esa keyinchalik jinoyat ishini o‘rganishda asosiy dalil bo‘lib xizmat qilgan. Prokurorning sudga aytishicha, kelinning ko‘rsatmasi “aniq to‘qima, hujum voqeasi esa uydirma” bo‘lib chiqyapti. Sud eksperti smart-soatning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqanidan so‘ng ma’lum qilishicha, kelin aytgan voqea – to‘polonchilar hujum qilgan vaqt marhumaning o‘ldirilish vaqtiga mos kelmayapti.

Shuningdek, Kerolaynning aytishicha, qaynonasi o‘sha bosqinchilar bilan 20 daqiqacha janjallashgan. Huquq-tartibot idoralarining Apple Watch ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlashlaricha esa, Mirna Nilssonning o‘ldirilishi bir lahzadayoq yuz bergan – ungacha ayolning tomir urishi, ruhiy holati va sog‘ligi me’yorida bo‘lgan.

Endi esa Apple Watch yordamida aniqlangan ma’lumotlar asosida Kerolayn Nilsson o‘z qaynonasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaynonasini o‘ldirgan kelinning kirdikorini Apple Watch fosh etdi