09:05 / 03.04.2018
4 259

Qirg‘iziston rahbariyati Atamboyevning so‘zlariga qanday munosabat bildirdi?

Qirg‘iziston rahbariyati Atamboyevning so‘zlariga qanday munosabat bildirdi?
31 mart kuni Bishkekda QSDP partiyasining XVII syezdi bo‘lib o‘tdi. Kutilganidek, sotsial-demokratlar yetakchisi etib yana Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev saylandi.

Matbuot uchun yopiq o‘tgan forumdan keyin u to‘rt oylik jimlikdan so‘ng birinchi marta jurnalistlar bilan uchrashdi.

Almazbek Atamboyevning chiqishi an’anaga muvofiq hissiyotlarga to‘la, ba’zan esa keskin va amaldagi davlat rahbari Sooranboy Jeenbekovga nisbatan tanqidiy ruhda kechdi. 24.kg nashri amaldagi prezidentning matbuot kotibidan Atamboyevning Jeenbekovga nisbatan tanqidiga munosabat bildirishni so‘rab murojaat qildi.

“Qirg‘iziston prezidenti uchun sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevning chiqishi kutilmagan deya olmayman, zero ular bu mavzular va muammolar haqida QSDP syezdidan ikki kun avval ham gaplashishgandi va ularning har biri o‘z fikrida qolgandi. Natijada sobiq prezident Sooranboy Jeenbekovga nisbatan barcha noroziliklarini omma oldida bildirdi”, - dedi davlat rahbari matbuot kotibi To‘lg‘onoy Stamaliyeva.

“Ta’kidlash joizki, sobiq prezidentning matbuot konferensiyasi ancha qizg‘in o‘tgan. U jamoatchilik va jurnalistlarning qiziqishini qondirdi. Sobiq davlat rahbarining bayonotlariga izoh berishni noo‘rin deb hisoblaymiz”, - deydi matbuot kotib.

To‘lg‘onoy Stamaliyeva jamoatchilik Bishkek IES modernizatsiyasi atrofidagi gap-so‘zlar bo‘yicha yanvar oyidagi avariya sabablari to‘liq o‘rganilib, tugatilganidan keyin bor haqiqatni bilishi mumkinligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari Bishkek IES modernizatsiyasi tenderi atrofidagi mojaroga aloqador emas. Tender to‘g‘risidagi shartnoma 2013 yilda imzolangan, u vaqtlar esa Sooranboy Jeenbekov O‘sh viloyati gubernatori bo‘lgan. 2017 yilning 30 avgustida yangilangan IESning ochilishi Jeenbekovning ishtirokisiz o‘tgan.

Bundan tashqari, Stamaliyeva 2017-2018 yilgi qishki mavsumga tayyorgarlik masalasini ham ko‘tardi.

“Unda ham Sooranboy Sharipovich qatnashmagan. Uning bosh vazirlik paytidagi qish 2016-2017 yillarga to‘g‘ri kelgan. Hammaning yaxshi yodida, u yil bolalar bog‘chasida issiqlik o‘chirib qo‘yilgan holatdan tashqari hech qanday nosozliklarsiz o‘tgan. Bog‘chadagi avariya holati o‘shanda bosh vazir Sooranboy Jeenbekov nazorati ostida bartaraf etilgan”, - deydi matbuot kotib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston rahbariyati Atamboyevning so‘zlariga qanday munosabat bildirdi?