06:03 / 03.04.2018
4 737

Rossiya Qozog‘iston poligonida raketa sinov parvozi amalga oshirilgani haqida bayonot berdi

Rossiya Qozog‘iston poligonida raketa sinov parvozi amalga oshirilgani haqida bayonot berdi
Rossiya harbiylari Markaziy Qozog‘istondagi Sarishag‘an poligonida Raketaga qarshi Mudofaa (RQM) tizimi raketasi sinovdan o‘tkazilgani haqida bayonot berishd, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Rossiya mudofaa vazirligining “Krasnaya zvezda” gazetasining sayti 2 aprel kuni Rossiya Harbiy Havo kuchlari raketaga qarshi mudofaa va havo hujumiga qarshi birlashgan qo‘mondoni general-mayora Andrey Prixodkoning «RQMning modernizatsiyalashgan raketaga qarshi tizimi o‘z oldiga qo‘ygan vazifani muvfaaqiyatli bajargani va ko‘zlangan nishoni belgilangan vaqtda urgani” borasidagi so‘zlarini keltirdi.

Sinov parvozi o‘tkazilgan sana va boshqa tafsilotlar xabarda oshkor qilinmagan. Bu Rossiya RQM tizimi raketasining Rossiya tomonidan ijaraga olingan Qozog‘istonning Sarishag‘an poligonida o‘tkazgan navbatdagi sinovidir.

Rossiya mudoffa vazirligi saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, mazkur tizim Moskva shahrini “havo-fazoviy hujumlari zarbalaridan” himoya qilishga, shuningdek «raketa hujumlari va koinot bo‘shlig‘ini nazorat qilish manfaatlari” vazifalariga mo‘ljallangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Qozog‘iston poligonida raketa sinov parvozi amalga oshirilgani haqida bayonot berdi