03:30 / 03.04.2018
4 187

Erdog‘an Netanyaxuni “bosqinchi” va “terrorchi” deb atadi

Erdog‘an Netanyaxuni “bosqinchi” va “terrorchi” deb atadi
Turkiya Prezidenti Redjep Erdog‘an juma kuni 15 nafar falastinlikning halok bo‘lishi va Netanyaxu tomonidan turk harbiylari tanqid qilingani sababli Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyaxuni “bosqinchi” va “terrorchi” deb atadi. Bu haqda Tnews.uz sayti yozmoqda.

Isroil va G‘azo mintaqasi chegarasida yuz bergan to‘qnashuv tufayli Isroil harbiylarning harakati oqibatida 15 nafar falastinlikning xalok bo‘lishi va yuzlab kishilarning jarohat olgani Anqara tomonidan tanqid qilinganidan so‘ng Isroil va Turkiya yetakchilari o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi. Bunga javoban Netanyaxu tvitterda, o‘z mamlakatining armiyasi “ko‘p yillar mobaynida tinch aholi ustida bomba yog‘dirayotganlarga saboq berib qo‘yishi” haqida yozdi, u bu so‘zlari bilan Iroq,Suriya va Turkiyaning o‘zidagi kurdlarga nisbatan amaliyot o‘tkazayotgan Turkiyani nazarda tutgan edi. O‘z tarafdorlari oldida chiqish qilgan Erdog‘an Netanyaxu va Isroil Davlatini tanqid qilar ekan, falastinliklarga qarshi agressiya o‘tkazayotganlikda aybladi, hamda “terrorchi” deb atadi va uni jahonda “hech kim yaxshi ko‘rmaydi” deya bayonot berdi.

Bir vaqtlar munosabatlari iliq bo‘lgan Turkiya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda keskinlashib ketdi. Biroq shunga qaramay tomonlar o‘zaro hamkorlik va aloqalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman 15 nafar falastinlikning o‘limi tergov qilinishi borasida BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan berilgan chaqiriqlarni yakshanba kuni inkor qildi. “Isroil askarlari qilishlari kerak bo‘lgan ishni qilishdi. O‘ylaymanki, askarlarimizning hammasi mukofotga loyiq”, – deya bayonot berdi Liberman armiya radiosiga bergan intervyusida. Isroil ma’lumotlariga qaraganda, o‘ldirilganlarning katta qismini radikal qarashdagi falastin guruhlarning a’zolari tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an Netanyaxuni “bosqinchi” va “terrorchi” deb atadi