07:18 / 04.04.2018
3 853

Dushanbe aviamajoro sanksiyalarsiz hal bo‘lishi tarafdori

Dushanbe aviamajoro sanksiyalarsiz hal bo‘lishi tarafdori
Dushanbe va Moskva o‘rtasida davom etayotgan aviamajoro fonida Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berib, tojik tomoni yuzaga kelgan bahslar sanksiyalar qo‘llash yoki sanksiya joriy etish po‘pisasi orqali emas, balki maslahat uchrashuvlari va muzokoralar orqali hal etilishi tarafdori ekanligini bildirdi, deb xabar berdi Tnews.uz sayti.

Mamlakat tashqi siyosat mahkamasining 3 aprel kuni bergan rasmiy bayonotida, Dushanbe bosim o‘tkazish metodidan foydalanish samara bermasligini va Rossiya aviatsiya rasmiylari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xavotirga tushayotganini,bu har ikki tomonning aviakorxonalariga iqtisodiy zarar yetkazilishini qayd qilgan.

TIVning ta’kidlashicha, Tojikiston shartnomalar asosida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni so‘zsiz bajarilishi va Rossiya Federatsiyasi aviatsiya rasmiylari bilan o‘zaro manfaatli va mustahkam hamkorlik qilish tarafdoridir.

Bayonotda qayd qilinishicha, ayni damda mamlakatlar o‘rtasidagi aviatashuvlar bozoridagi xizmatlarning 60 %dan ko‘prog‘i Rossiya aviatashuvchilar hisasiga to‘g‘ri keladi.

“Mamlakat xukumati tomonidan Fuqoro aviatsiya Agentligi tashkil etilgan. Tashkiliy ishlar munosabati bilan tojik tomoni Rossiya aviatashuvchilariga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berish va tasdiqlash masalalarni ko‘rib chiqish vaqtincha to‘xtatilgan”, -deyiladi bayonotda.

Bugun Tojikiston delegatsiyasi aviaparvozlar masalasida muzokoralar o‘tkazish uchun Moskvaga uchib ketishi kerak, dedi Tojikiston Fuqoro aviatsiyasi Agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Nabizoda 2 aprel kuni. Uning so‘zlariga qaraganda, delegatsiya tarkibida Tojikiston aviakompaniyalari, transport vazirligi, TIV va Adliya vazirligi vakillari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dushanbe aviamajoro sanksiyalarsiz hal bo‘lishi tarafdori