20:24 / 04.04.2018
3 999

Tojikistonda internet-trafikka davlat monopoliyasi tan olinmayapti

Tojikistonda internet-trafikka davlat monopoliyasi tan olinmayapti
Tojikiston Antimonopoliya xizmati mamlakat mobil operatorlari Assotsiatsiyasiga yo‘llagan maktubida internet-trafiklarni faqatgina davlatga tegishli “Tadjiktelekom” kompaniyasidan xarid qilish borasida biror bir farmoyish yo‘qligini va bu kabi talablar asossiz ekanini ma’lum qildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Bir oy muqaddam Tojikistondagi to‘rtta mobil aloqa operatorlari — Tcell, “Bilayn”, Babilon va Megafon mamlakat Antimonopoliya xizmatiga murojaat qilib internet trafiklarini mobil kompaniyalari va provayderlariga faqatgina davlatga tegishli “Tadjiktelekom” kompaniyasi sotish borasida berilgan xuquq yuzasidan tushuntirish berilishini so‘rashgan edi.

Tojikiston xukumati huzuridagi aloqa xizmati barcha provayderlarga Internetni faqat “Tochiktelekom” telekommunikatsiyalar operatori OAJ va Tojnet savdo markasi ostida faoliyat yuritadigan Respublika tarmoq ma’lumotlaridan olishni tavsiya qilgan edi. Unga qadar provayderlar Internetni Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan olishardi.

Mobil kompaniyalari va Internet-provayderlar Aloqa xizmatidan shu yilning yanvar oyi boshlarida bu farmoyishni olishgan edi. Bu kabi choralar mamlakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgani aytilmoqda. Mobil operatorlari bu farmoyishdan o‘zlarining e’tirozlarini bildirdilar, chunki ular Internetni xorijdan juda ham arzonga olishar edi, endilikda bu soha davlat tuzilmasi tomonidan monopoliya qilinmoqda.

Tojikiston mobil operatorlari Assotsiatsiyasi rahbari G‘ofur Irkayevning 3 aprel kuni aytishicha, ular antimonopoliya xizmatidan o‘tgan haftada javob olishgan. Uning so‘zlariga qaraganda, milliy provayderning internet-trafik sotish huquqidan mahrum etilishi, mobil operatorlari avvalgidek trafiklarni xorijdan sotib olish imkoniyatini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda internet-trafikka davlat monopoliyasi tan olinmayapti