Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida 3 aprel kuni yuz bergan majoro tufayli Tojikiston chegara xizmati harbiy xizmatchisi va Qirg‘iziston fuqorosi jarohat oldi. Bu haqda Tnews.uz sayti xabar berdi.
Hodisa bartaraf etildi, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmati vakillari chegaraning mazkur uchastkasini qo‘riqlash tartibi yuzasidan kelishib oldilar.
Har ikki tomon chegara xizmati vakillarning ma’lum qilishicha, yaralanganlarning ahvoli qoniqarli. Tomonlarning ma’lum qilishicha, qirg‘iz-tojik chegarasining Botken viloyatidagi majoroga Qirg‘izistonning Uch-Dobo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aholi vakilining to‘siq devor o‘rnatishga urinishi sabab bo‘lgan. Qishloq hududi davlat chegarasining kelishilmagan uchastkasi bo‘lib, bu yerda har qanday xo‘jalik faoliyatini yuritish taqiqlanadi.
“Qirg‘iziston fuqorosi bo‘lmish ayol taqiqlarni inkor qilgan, bu o‘z navbatida Isfara tumanidagi Xo‘ja A’lo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Tojikiston fuqorolarining e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Dahanaki janjal har ikki tomondan 50ga yaqin kishi ishtirok etgan mushtlashuvga aylanib ketdi, ikki mamlakat fuqorolari bir birlariga qarata toshlar uloqtirishdi”, deyiladi Tojikiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari tarqatgan xabarda.
Majoro boshlanganidan yarim soat o‘tib bartaraf etildi. Ayni damda chegara hududlarida istiqomat qiluvchi aholi bilan Qirg‘izistonning Botken va Tojikistonning Isfara tumani rahbarlari uchrashuv o‘tkazmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda majoro videoyozuvi tarqatilmoqda. Unda tomonlar bir-birlariga qarata tosh otayotganini ko‘rish mumkin.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi 971 kilometrni tashkil qiladi, shundan 519 kilometri hamon belgilanmagan. Ikki mamlakat chegarasida 70ga yaqin bahsli uchastkalar bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»