00:15 / 05.04.2018
3 637

“Suriyadagi nizoni qurol bilan hal etish yo‘li yo‘q”

“Suriyadagi nizoni qurol bilan hal etish yo‘li yo‘q”
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning fikr bildirishicha, Suriyadagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan emas, faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilinishi mumkin.

“Eron Islom Respublikasining nuqtai nazariga ko‘ra, Suriya masalasini hal qilishda hech qanday harbiy yo‘lga o‘rin yo‘q. Biz Suriya inqirozini faqat tinch yo‘l bilan hal qilishimiz mumkin. Biz barchamiz Suriyada urush tugashi uchun yordam berishimiz, tinchlik uchun siyosiy jarayonlar davom etishi va qochqinlar o‘z uylariga qaytishi uchun birdamlikda harakat qilishimiz kerak”, degan Eron rahbari Anqara uchrashuvi yakunida.

Eron rahbari shuningdek, barcha tomonlar Suriyaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi lozimligiga e’tibor qaratgan.

“Suriya Respublikasi hududiy yaxlitligi bo‘linmasdir, Suriya respublikasi suverenitetini barcha hurmat qilishi lozim”, degan Ruhoniy.

U hech bir mamlakat Suriya kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishga haqli emasligini aytib o‘tgan. “Suriya taqdiri faqat Suriya xalqi qo‘lida. Aynan Suriya xalqi yakunda yangi konstitutsiyani qabul qiladi, ular demokratik saylovlarda o‘z taqdirlari uchun ovoz berishlari kerak”, deya qo‘shimcha qilgan u.

U Suriyada gumanitar vaziyat qo‘rqinchli darajada og‘ir ahvolda ekanini qayd etib, Suriya xalqi yordamga muhtoj ekanini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Suriyadagi nizoni qurol bilan hal etish yo‘li yo‘q”