11:03 / 05.04.2018
6 862

Davlat rahbarlari bir yilda qancha maosh olishadi?


RBK agentligining iqtisodchi mutaxassislari yetakchi davlatlar rahbarlarining yillik maoshlari bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.
Davlat rahbarlari bir yilda qancha maosh olishadi?
1. Singapur bosh vaziri Li Syan Lun — yiliga 1,76 mln. dollar. Li Syan Lun — Singapur asoschisi Li Kuan Yuning katta o‘g‘li. Li Kuan Yu Singapurning taraqqiyotida katta o‘rin tutgan bo‘lsa, uning o‘g‘li Li Syan Lun otasining ishini ko‘ngildagidek davom ettirmoqda.

2. Shveysariya prezidenti Doris Loytxard — yiliga 437 ming dollar. Xristian-demokratlar partiyasi yetakchisi Doris Loytxard dastlab 2010 yilda prezidentlik lavozimini egallagandi. 2017 yildan boshlab ikkinchi marta prezident vazifasini bajarishga kirishdi.

3. Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull — yiliga 396 ming dollar. Tyornbull rahbarlik qilayotgan bu davlatda yillik minimal maosh 23059 AQSH dollarini tashkil qiladi.

4. Lyuksemburg bosh vaziri Ksavye Bettel — yiliga 255 ming dollar.

5. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo — 253 ming dollar. Jastin Tryudo — siyosatchi, Kanadaning 15-bosh vaziri Pyer Elliot Tryudoning o‘g‘li. Bu davlatdagi yillik minimal maosh 17 ming dollar atrofida.

6. Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen — yiliga 314 ming dollar. Yashillar partiyasining sobiq yetakchisi 2016 yilgi saylovda raqibi Norbert Xoferni yengib, bu lavozimni egallagan.

7. Germaniya kansleri Angela Merkel — yiliga 244 ming dollar. Merkel — tarixdagi birinchi ayol kansler. Bu lavozimni 2005 yildan buyon egallab kelmoqda.

8. Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel — yiliga 239 ming dollar. 42 yoshli advokat davlatni 2014 yilning kuzidan buyon boshqarib kelmoqda.

9. Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven — yiliga 235 ming dollar. Stefan Lyoven 2014 yilda davlatning 43-bosh vaziriga aylandi. Uning eng esda qolarli tashabbusi NATOga kirmaslik bo‘ldi.

10. Gvatemala prezidenti Jimmi Morales — yiliga 232 ming dollar. “Prensa Libre” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Lotin Amerikasi davlatlari orasida eng yuqori maosh oluvchi prezident Jimmi Moralesdir. Sobiq komik aktyor o‘z maoshining yarmidan ko‘pini muhtojlarga beradi.

11. Rossiya prezidenti Vladimir Putin — taxminan 153 ming dollar. Ko‘p yillardan beri dunyoning eng yirik davlatini buyon boshqarib kelayotgan Putin bir necha marta dunyo bo‘yicha “Yil odami” deb tan olingan.

12. AQSH prezidenti Donald Tramp — yiliga 1 dollar. AQSH prezidentiga yillik 400 ming dollar miqdorida maosh tayinlangan. Ammo Donald Tramp bu maoshdan voz kechgan va bu qarorini quyidagicha izohlagan: “Men va’da berganimdek maoshimdan voz kechaman va bu mablag‘ni davlatga qoldiraman. Lekin qonun bo‘yicha kamida 1 dollar maosh olishim shart ekan, mayli yiliga 1 dollar maosh olaqolay”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Davlat rahbarlari bir yilda qancha maosh olishadi?