18:53 / 05.04.2018
4 355

AQSh razvedkasi: Moskva Kim Chen Inni Rossiyaga taklif etgan

AQSh razvedkasi: Moskva Kim Chen Inni Rossiyaga taklif etgan
AQSh Milliy razvedkasi rahbari Deniyel Kouts chorshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda Kim Chen Inning Moskva tomonidan Rossiyaga taklif etilgani AQSh razvedkasiga ma’lumligini bildirib, mamlakat maxsus xizmatlari ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuvda aynan qaysi masalalar muhokama etilishini bilishga umid bog‘layotganini bildirgan.

Uchrashuvda ishtirok etgan TASS muxbirining yozishicha, Deniyel Kouts shuningdek, Kim Chen Inning Xitoyga tashrifidan so‘ng Pekin KXDR bilan savdo-sotiq nazoratini susaytirishi haqidagi ehtimolni rad etib, Xitoy bunday holat yuzasidan hech qanday bayonot bermaganini qo‘shimcha qilgan.

Garchi, AQSh razvedkasi Kim Chen Inning Rossiyaga taklif etilganini tasdiqlayotgan bo‘lsada, joriy yilning 28 martida Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozircha kun tartibida Rossiya va Shimoliy Koreya sammiti haqida hech qanday gap yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In joriy yilning 25-28 mart kunlari Xitoyda bo‘ldi. Pekin bu haqdagi xabarni tashrif nihoyasiga yetgandan so‘ng ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh razvedkasi: Moskva Kim Chen Inni Rossiyaga taklif etgan