14:45 / 06.04.2018
4 437

Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 24 yil qamoq jazosi berildi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 24 yil qamoq jazosi berildi
Seul shahrining markaziy sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.

Unga 18ta modda bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan, xususan korrupsiya, pora olish, mansabni suiiste’mol qilish, shuningdek, davlatga doir ma’lumotlarni oshkor qilish shular jumlasidandir.

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentga 30 yillik qamoq jazosi berilishini hamda u 118,5 milliard koreya voni miqdorida jarima to‘lashini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli Pak Kin Xega o‘tgan yil aprel oyida korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olingan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 24 yil qamoq jazosi berildi