Putin bir yo‘la 11 generalni ishdan bo‘shatdi

  • 06 aprel 2018, 20:28
  • 3 245
  • Dunyo
  • Putin bir yo‘la 11 generalni ishdan bo‘shatdi
    Rossiyaning huquqiy ma’lumot rasmiy internet portalida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni e’lon qilindi, unga muvofiq mamlakat IIV, FVV, Tergov qo‘mitasi va Jazoni ijro etish federal xizmatida ishlagan 11 general egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    Xususan, gap politsiya general-mayorlari Pavel Bugayev (IIV Yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari), Aleksandra Guk (Ural yuridik IIV rahbari), Aleksandr Pervuxin (Udmurtiya respublikasi bo‘yicha ichki ishlar vaziri), ichki xizmat general-mayori Andrey Bikov (JIFX ITI rahbari), ichki xizmat general-polkovnigi Shamsutdin Dagirov (FVV Yong‘inga qarshi xizmati davlat akademiyasi boshlig‘i), adliya general-leytenantlari Valeriy Zadorin (Sverdlovsk oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari), Igor Napalkov (Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha TQ DTB rahbari), Oleg Troshin (Penza oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari) va adliya general-mayorlari Vitaliy Shevchenko (Volgograd oblasti bo‘yicha IIV BB boshlig‘i o‘rinbosari), Oleg Tushmalov (Pskov oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari) va Aleksandr Sergeyev haqida (Belgorod oblasti bo‘yicha TQ TB rahbari) haqida ketmoqda.

    Farmonda yangi tayinlovlar haqida ham so‘z yuritilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Putin bir yo‘la 11 generalni ishdan bo‘shatdi