Amerikalik yigit sigareta portlashidan jarohat oldi, u nogiron bo‘lib qolishi mumkin

  • 26 noyabr 2015, 13:53
  • 4 105
  • Dunyo
  • Yosh amerikalik yigitning qo‘lida elektron sigareta portlab ketdi, deya xabar bermoqda «Hi-tech.mail.ru». U jiddiy shikastlanishlar oldi, natijada bir umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin.

    Amerikalik yigit sigareta portlashidan jarohat oldi, u nogiron bo‘lib qolishi mumkin

    Kolorado universiteti talabasi Springsning umurtqa pog‘onasi va yuz suyagi sindi, u old tishlaridan ham ayrildi. Jarrohlar aytishicha, bemorning ahvoli barqaror, biroq u butun umr nogironlik aravachasidan tura olmasligi mumkin.

    Tamaki do‘koni xodimi so‘zlariga ko‘ra, qurilma noto‘g‘ri yig‘ilgan. Elektron sigaretalar qismlarga ajratilgan holda sotiladi. Uni yig‘ish murakkab jarayon bo‘lib, buni o‘rganish kerak bo‘ladi. Sigaretaga o‘rnatilgan batareya ham o‘ta kuchli bo‘lgan, sig‘imi katta batareyaning o‘rnatilishi elektron sigaretaning portlashiga olib kelishi mumkin.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Amerikalik yigit sigareta portlashidan jarohat oldi, u nogiron bo‘lib qolishi mumkin