06:31 / 08.04.2018
4 138

Ramzan Qodirov Telegram’ning blok qilinishi tarafdori emas

Ramzan Qodirov Telegram’ning blok qilinishi tarafdori emas
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada Telegram messenjerining blok qilinishi tarafdori emasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Checheniston rahbari Telegram’dagi o‘z kanalida ushbu messenjerni «juda qulay» vosita deb atagan.

«Men hamisha hukumat va jamiyatning istalgan maydonchada, jumladan, internetda ham ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishi tarafdori bo‘lib kelganman. Shu bois ham deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlarim bor. Biroq birinchi o‘ringa qulaylik va o‘ngaylikka emas, balki Rossiyaning davlat manfaatlari va bajarilishi shart bo‘lgan qonunlari qo‘yilishi kerak», — deb ta’kidladi Ramzan Qodirov.

Avvalroq Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati («Roskomnadzor») Telegram’ni Rossiyada blok qilish bo‘yicha sudga da’vo kiritgan edi.

Bunga messenjer rahbariyati foydalanuvchilarning yozishmalarini o‘qishga imkon beradigan kalitlarni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga taqdim etishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.

Messenjer dasturchilarining so‘zlarga ko‘ra, FXX talabini bajarishning texnik jihatdan imkoni yo‘q. Qayd etish joiz, Rossiyada Telegram’dan 10 millionga yaqin odam foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Telegram’ning blok qilinishi tarafdori emas