Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 ning halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi

  • 26 noyabr 2015, 13:53
  • 4 114
  • Dunyo
  • Sibirda Mi-8 vertolyotining halokati natijasida 12 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

    Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 ning halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi

    «Vertolyot bortida 22 nafar yo‘lovchi va uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi qurbon bo‘lgan, qolgan yo‘lovchilar jabrlangan», — deyiladi manbalarda.

    Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, «Turuxanavia» kompaniyasiga tegishli vertolyot Igarka shahridan ikki kilometr masofada Enisey daryosiga qulab tushgan. Vertolyot qattiq qo‘nishni amalga oshirganligi taxmin qilinmoqda.


    Manba: Daryo.uz

    » » Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 ning halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi