00:09 / 09.04.2018
6 156

GM avtozavodining ishchilari rahbarning kabinetiga bostirib kirishdi (video)

GM avtozavodining ishchilari rahbarning kabinetiga bostirib kirishdi (video)
General Motors ishchilari kompaniya rahbariyatining xonasiga hujum uyushtirdi. Bu voqeani xonadagi kamera yozib oldi va video tez orada tarqalib ketdi.

Kasaba uyushmasi a’zolari shu yo‘l bilan kompaniya siyosatidan noroziligini bildirdi.

Videoda darg‘azab erkaklar kabinetga bostirib kirib mebellarni sindira boshlagani va xona jihozlarini polga uloqtirgani ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz: bu voqea Janubiy Koreyadagi GM ofisida sodir bo‘ldi.

Mamlakatda GM zavodlaridan biri yopilishi ma’lum qilingan va besh ming xodim ish o‘rni qisqarishi ayon bo‘lgan. Bundan norozi bo‘lgan ishchilar o‘zlarining qonuniy mukofot pullarini to‘lashni talab qilmoqda, ammo to‘lashga kompaniyaning mablag‘i yo‘q.

GM rahbariyati ofisga yetkazilgan zarar yuzasidan politsiyaga murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » GM avtozavodining ishchilari rahbarning kabinetiga bostirib kirishdi (video)