08:26 / 11.04.2018
5 532

AQShda osmondan 50 dan ko‘proq o‘lik g‘oz tushdi

АҚШда осмондан 50 дан кўпроқ ўлик ғоз тушди
AQShning Aydaxo-Fols shahriga osmondan 50 dan ko‘proq o‘lik g‘oz tushgan. Bu haqda Fox 13 telekanali xabar bermoqda. Shahar ma’muriyati ushbu voqeani g‘ayriodatiy deb atagan.

Voqea 7 aprelda do‘l bilan kechgan momaqaldiroq vaqtida yuz bergan. G‘ozlar jasadi bir necha yuz metrlik radiusda aniqlangan. Hammasi bo‘lib 48 ta oq g‘oz va 3 ta Ross g‘ozi yig‘ib olingan. Shuningdek, o‘lik g‘ozlar yon atrofdagi uylar tomida ham aniqlangan.

Mutaxassislarning fikricha, g‘ozlar to‘dasi Kanadaga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, ularning halokatiga chaqmoq urishi sabab bo‘lgan. Agar qushlar do‘lga tushib qolganda, ular yer tomon yo‘nalib, qo‘ngan bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda osmondan 50 dan ko‘proq o‘lik g‘oz tushdi