17:15 / 17.04.2018
5 032

Kuchli shamol o‘g‘rilarni o‘ljasiz qoldirdi (video)

Kuchli shamol o‘g‘rilarni o‘ljasiz qoldirdi (video)
Buyuk Britaniyaning Droyslend shahrida esgan kuchli shamol o‘g‘rilarni o‘ljasidan ayirdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mazkur voqea aks etgan videoni Katta Manchester grafligi politsiyasi oshkor etdi. O‘g‘rilik 17 martda bo‘lib o‘tgan. Jinoyatchi sherigi bilan birga turistik agentligi xodimini qo‘rqitib, naqd pullarni tortib olgan.

Jinoyatchilardan biri shoshilgancha, pulni cho‘ntagiga yashirishga harakat qilgan. Biroq kuchli shamol esishi oqibatida yerga sochilgan pullar har tomonga uchib ketgan. O‘g‘ri esa pulni terib olmay, voqea joyidan qochib ketgan.

Politsiya mazkur videoda aks etgan jinoyatchilarni taniydigan, voqeaga guvoh bo‘lgan odam bo‘lsa, bu haqda huquq-tartibot idorasiga xabar berishni iltimos qilgan. Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuchli shamol o‘g‘rilarni o‘ljasiz qoldirdi (video)