90 yoshli yo‘lovchi ayol Irkutsk shahriga uchayotgan samolyot bortida vafot etdi

  • 28 noyabr 2015, 00:23
  • 6 697
  • Dunyo
  • Keksa ayol Moskvadan Irkutskga parvoz qilish vaqtida uyquda vafot etdi. Bu haqda favqulodda xizmat vakili bergan ma’lumotlarga tayanib, «Interfaks» xabar beradi.

    90 yoshli yo‘lovchi ayol Irkutsk shahriga uchayotgan samolyot bortida vafot etdi

    Manbada keltirilishicha, ayol o‘zining qizi hamrohligida Moskvaning «Domodedovo» aeroportidan o‘zining doimiy istiqomat qilib kelgan eri – Irkutskga uchib ketayotgan edi.

    «O‘tgan kecha Moskvadan Irkutskka reysni amalga oshirayotgan A319 samolyotining bortida bo‘lgan 90 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Shifokorlarning aniqlanishicha, o‘lim uyqu vaqtida sodir bo‘lgan», ― deya xabar beradi manba.


    Manba: Daryo.uz

    » » 90 yoshli yo‘lovchi ayol Irkutsk shahriga uchayotgan samolyot bortida vafot etdi