22:38 / 18.04.2018
4 414

Boshqirdistonda maktabga hujum uyushtirildi (video)

Boshqirdistonda maktabga hujum uyushtirildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Boshqirdistondagi maktablardan biriga qilingan hujumdan keyin voqea joyi aks etgan video joylashtirildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Videoda maktab binosidan tashqariga olib chiqilgan bolalar, yong‘inni o‘chirish uchun yetib o‘t o‘chirish mashinalarini ko‘rish mumkin. Video muallifi voqeaga “Maktabimiz yonyapti. Hamma vahimada, judayam qo‘rqinchli”, deb izoh bergan.

Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida korreksion sinfda ta’lim oluvchi 17 yoshli o‘quvchi yigit sinfdoshi va o‘qituvchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Shundan keyin sinfga yonuvchi suyuqlikni quyib, o‘t qo‘ygan va o‘ziga o‘zi pichoq urgan. Hodisadan qo‘rqib ketgan o‘quvchi qizlardan biri derazadan sakramoqchi bo‘ldi.

Yong‘in maydoni bir kvadrat metrni tashkil etdi. O‘smir yigit qo‘lga olindi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan uch o‘quvchi va o‘qituvchi kasalxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan Tergov qo‘mitasi 17 yoshli o‘smir va yana bir necha kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boshqirdistonda maktabga hujum uyushtirildi (video)