Eron hukumati xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirishda dollardan yevroga o‘tishga qaror qildi. Ushbu qaror 18 aprelda Eron vazirlar mahkamasi yig‘ilishida qabul qilingan.
Hukumat qarori barcha vazirliklar, davlat tashkilotlari va kompaniyalari o‘z hisobotlari, axborot va moliyaviy ma’lumotlarida dollar o‘rniga yevroni qo‘llashlari kerakligini anglatadi. Eron markaziy banki endi rialning yevroga nisbatan kursini belgilashi kerak bo‘ladi.
Ushbu qaror aynan nima bilan bog‘langani ma’lum qilinmagan. Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, bu chora hukumatning ayirboshlash kurslarini boshqarish va arzonlashib ketgan milliy valyuta – rialni qo‘llab-quvvatlashga harakatlari ortida qabul qilingan.
Eron riali 2017 yil sentyabridan erkin savdolarda o‘z qiymatining yarmini yo‘qotgan. Bunga esa AQSh tomonidan yangi sanksiyalar kiritilishidan xavotirlar ham sabab bo‘lgan.
10 aprelda Eron hukumati mamlakatda yagona ayirboshlash kursi (1 dollarga 42 ming rial) kiritilishini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi