10:53 / 19.04.2018
3 874

Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligi ma’lum qilindi

Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligi ma’lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Shveysariyada uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda NBC News xabariga asosan Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yetakchi o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi mumkin bo‘lgan joylar orasida Pekin, Pxenyan va Ulan-Bator tilga olingan. Biroq, bu shaharlarning bari xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etildi.

Manbalarning iddao etishicha, AQSh rasmiy shaxslari uchrashuv uchun neytral joyni, masalan Yevropani tanlashmoqchi.

Shu bilan birga, ikki mamlakat vakillari yakuniy qarorni hali qabul qilmagani aytilmoqda. Ammo, Shveysariya eng maqbul variantlar orasida yetakchilik qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In shaxsan suhbatlashgani rad etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligi ma’lum qilindi