11:22 / 19.04.2018
4 413

Nazarboyev va Putin nimani muhokama qildi?

Nazarboyev va Putin nimani muhokama qildi?
Rasmiy Ostona 17 aprel kuni bayonot berib, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilishgani, suhbatda Suriya atrofidagi majoro bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilinganini ma’lum qildi.

«Suhbat davomida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy voqealar, jumladan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi, — deya xabar berdi Oq O‘rda sayti. — Telefon muloqoti Rossiya tomoni tashabbusi bilan amalga oshirildi».

Suhbat tafsilotlari aniq emas, biroq u TIVning yakshanba kuni «Rossiya» telekanalida bergan bayonoti fonida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuvda teleboshlovchi Vladimir Solovev Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidan «qora mushuk o‘tgan bo‘lishi ehtimoli» haqida gapirgan edi. «Yoki Qozog‘istonni Rossiyadan ayrib qo‘yish uchun navbatdagi Maydonni Qozog‘istonga yo‘naltirilishini kutishimiz kerakmi?» — degan Solovev.

Qozog‘iston TIV bunga javoban «rasmiy bayonotga tayanish lozimligi»ni maslahat berdi. Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev esa Vladimir Solovevni «tanimasligi»ni aytdi.

14 aprel kuni Suriyadagi ehtimoliy kimyoviy ob’ektlarga AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan raketa zarbalari berildi. Rossiya AQShning hatti-harakatlari yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashiga arz qildi, biroq bu borada rezolyutsiya qabul qilinmadi, ovoz berishda Qozog‘iston betaraf qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev va Putin nimani muhokama qildi?