15:35 / 19.04.2018
4 078

Suriyada kurdlar 11 sentyabr teraktiga aloqador germaniyalik ekstremistni qo‘lga oldi

Suriyada kurdlar 11 sentyabr teraktiga aloqador germaniyalik ekstremistni qo‘lga oldi
AQShda 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarni rejalashtirishda qatnashgan, asli suriyalik bo‘lgan Germaniya fuqarosi Suriyada qo‘lga olindi. Bu haqda AFP kurd qo‘mondoniga tayanib xabar berdi, deb yozadi «Daryo».

«Muhammad Haydar Zammar Suriya shimolida kurd xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi, hozir u so‘roq qilinmoqda», — dedi u.

2001 yil 11 sentyabr kuni «Al-Qoida» guruhining 19 terrorchisi AQShda to‘rtta yo‘lovchi samolyotini qo‘lga olgan, ulardan ikkitasini Jahon savdo markazi minoralariga yo‘naltirgan edi. Uchinchi samolyotni terrorchilar Vashington tashqarisidagi Pentagon binosiga qarab uchirgan, to‘rtinchi samolyot ham Amerika poytaxti tomonga yo‘naltirilgan, ammo Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill shahri yaqiniga qulagan edi.

Teraktlar natijasida 2977 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada kurdlar 11 sentyabr teraktiga aloqador germaniyalik ekstremistni qo‘lga oldi