14:39 / 19.04.2018
3 687

Erdog‘an muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi haqida e’lon qildi

Erdog‘an muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi haqida e’lon qildi
Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an 24 iyunda, rejalashtirilganidan bir yil ilgari, muddatidan oldin saylov o‘tkazish niyati haqida xabar qildi. 18 aprel kuni o‘z qarorini izohlar ekan, u Turkiya zudlik bilan “ijroiya prezidentligiga” o‘tishi zarurligini bayon qildi.

Erdog‘an 17 aprel kuni MXP millatparvarlar partiyasining kutilmaganda muddatidan oldin saylov o‘tkazish g‘oyasini ilgari surgan rahbari Davlat Baxchili bilan suhbatdan keyin muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilganini aytdi.

Turkiya parlament tizimidan prezident ko‘proq hokimiyatga ega bo‘ladigan prezident boshqaruvi tizimiga o‘tmoqda. O‘zgarishlar saylovlardan so‘ng kuchga kiradi.

Navbatdagi parlament va prezident saylovlari 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi haqida e’lon qildi