16:27 / 21.04.2018
4 081

Suriyaga yo‘l olgan jizzaxlik yigit Gruziyada qo‘lga olindi (video)

Suriyaga yo‘l olgan jizzaxlik yigit Gruziyada qo‘lga olindi (video)
Foto: «O‘zbekiston 24»
Jizzaxlik Karimjon Qodirov dastlab Rossiyaga ishlash uchun borib, u yerda terrorni targ‘ib qiluvchilarning ta’siriga tushib qoladi hamda ularning targ‘iboti bilan qisqa muddat shug‘ullanib ham keladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Shundan keyin unga Suriyada terrorchilar safiga kelib qo‘shilish taklifi hamda yo‘l xarajatlari uchun 1000 dollar miqdorida mablag‘ va qalbaki pasport yuboriladi.

Qalbaki pasport bilan Turkiya orqali Suriyaga ketayotgan Karimjon Qodirovni Turkiya huquq tartibot idoralari xodimlari Gruziyaga «deport» qiladi. U bu haqda rahnamolarini xabardor qilganida esa, ular Gruziyada kutib turishi kerakligini aytadi.

Karimjon Qodirov Gruziyada unga yuborilgan Qirg‘izistonning qalbaki fuqarolik pasporti bilan yana o‘z yo‘lida davom etish harakatida bo‘lganida O‘zbekiston hamda Gruziya huquq-tartibot idoralari xodimlarining hamkorligida qo‘lga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblangan Qodirov Karimjon Rahimjon o‘g‘li hozirda UYa 64/47 da qamoq jazosini o‘tamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyaga yo‘l olgan jizzaxlik yigit Gruziyada qo‘lga olindi (video)