13:45 / 22.04.2018
5 100

Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat

Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat
Travel Ask KXDRda odamlarning qatl qilinishiga sababchi bo‘ladigan ba’zi «gunohlar»ni keltirib o‘tdi, deb ma’lum qiladi Daryo.

Umummilliy motam kunlari yetarlicha qayg‘urmaslik

Milliy yetakchi vafot etgan qora kunda mamlakatning barcha fuqarolari chuqur qayg‘u va cheksiz dard-alamni chin dildan ko‘rsatib berishiga to‘g‘ri keladi. Sizning ayriliq dardingiz kimgadir yetarlicha samimiy tuyulmasa, sizni mehnat lageriga jo‘natishlari yoki otishga hukm qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, buyuk dohiy Kim Chen Irning o‘limidan keyin koreyaliklar 100 kun davomida dard-alamlarini namoyish qilishga majbur bo‘lgan edi.

Kattalar uchun filmlarni tomosha qilish
Shimoliy Koreyada pornografik xususiyatga ega materiallarni ko‘rish va tarqatish qat’i taqiqlagan, jazo sifatida esa o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan. Masalan, 2013 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Kim Chen In sobiq ma’shuqasini, go‘yoki, pornografik filmda qatnashgani uchun qatl qilishga shaxsan buyruq bergan.

Yig‘ilish vaqtida uxlab qolish

Yig‘ilishlar paytida, ayniqsa, buyuk yetakchi nutq so‘zlayotgan chog‘ida uxlab qolganlar qatl etiladi. O‘z vaqtida xalq qurolli kuchlari vaziri Xyon Yon Chxolning otib tashlanishiga aynan shunday holat sababchi bo‘lgan.

Hafsalasizlik bilan ishlash

2015 yilda Kim Chen In Shimoliy Koreyadagi tansiq toshbaqalar (ular faqat oliy mansabli koreys amaldorlari uchun sho‘rva pishirishda ishlatiladi) boqiladigan fermalardan biriga tashrif buyurgan vaqtida boshqaruvchining ishga yondashuvi davlat rahbariga hafsalasiz va mas’uliyatsiz bo‘lib tuyuldi. Ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan, yetakchi uni qatl qilishni buyurdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat