15:54 / 24.04.2018
4 205

Masjidda taekvondo o‘rgatilyapti

Masjidda taekvondo o‘rgatilyapti
Turkiyaning Edirna shahridagi masjidlardan birinida imomning tashabbusi bilan taekvondo mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” agentligining xabariga asosan Azon nashri.

Shahardagi asosan lo‘lilar istiqomat qiladigan Manziloxir mahallasi nosoz muhiti bilan tanilgan. Mazkur mahallada joylagan “Murodiya” masjidi imomi Erkan O‘ztoprak bolalarning yomon yo‘llarga kirib ketishining oldini olish maqsadida taekvondo mashg‘ulotlari, matematika, axloq va din darslarini yo‘lga qo‘ydi. Mashg‘ulotlar haftada besh kun, shom va xufton namozlari oralig‘ida, darslar esa shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda. Imomning aytishicha, ushbu tashabbusga mahallada 12 yoshli bir bolaning otib o‘ldirilishi turtki bergan.

“Bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishni maqsad qildik. Mashg‘ulotlar uchun joy qidirib topolmadik, shundan keyin masjidning o‘zida o‘tkazishga qaror qildik”, – deydi Erkan O‘ztoprak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Masjidda taekvondo o‘rgatilyapti