11:56 / 28.04.2018
6 072

Amerikalik millionlab dollar turuvchi noyob tanga topib oldi

Amerikalik millionlab dollar turuvchi noyob tanga topib oldi
Amerikalik numizmat millionlab dollarlar turuvchi noyob tanga egasiga aylandi. Gap 1854 yilda San-Fransiskoda 300 donadan kamroq miqdorda zarb qilingan 5 dollarlik tanga haqida ketmoqda. Bugungi kungacha bu tangalardan faqatgina 3 dona qolgan deb hisoblanib kelingan.

Tangalardan biri Vashingtondagi Smitson institutida, yana bittasi xususiy kolleksiyada saqlanadi. Uchinchisi esa AQSHdagi eng boy oilalardan biri bo‘lgan Dyuponlar oilasidan 1967 yilda o‘g‘irlab ketilgan va hanuzgacha topilmagan.

Tanganing egasi dastlab uni qalbaki deb hisoblagan. Biroq numizmatikaga oid noyob tangalar haqiqiyligini tekshiruvchi Numismatic Guaranty Corporation kompaniyasi mutaxassislari tanganing haqiqiyligini tasdiqlashgan.

Bundan tashqari, ular topilgan tanga Dyuponlardan o‘g‘irlangani emasligini suratlarga ko‘ra isbotlay olishgan. Ma’lum qilinishicha, topilgan tanganing qiymati millionlab dollarlar turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik millionlab dollar turuvchi noyob tanga topib oldi