12:56 / 28.04.2018
3 975

Trampga Nobel mukofoti berish taklif etildi

Trampga Nobel mukofoti berish taklif etildi
Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solishga muvaffaq bo‘linsa, unda AQSH prezidenti Donald Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berish kerak, deb hisoblamoqda.

“Donald Tramp Shimoliy Koreya, Xitoyni u o‘zgarishlar borasida jiddiy ekanligiga ko‘ndira oldi. Biz hozircha belgilangan maqsadga erisha olmadik, biroq bu yuz bersa, unda prezident Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olishga loyiq”, deb aytgan senator.

Gremning aytishicha, Tramp Pxenyanga yoki “normal davlat” bo‘lishi zarurligini, yoki “AQSH hududiga yetib borish” maqsadida raketalar qurishni davom ettirishi oqibatlarini his qilishiga to‘g‘ri kelishini namoyish qila olgan.

“Bu Trampsiz yuz bermasdi”, deb aytgan senator.

27 aprelda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy-demarkatsion chiziqning Janubiy Koreya javobgarligidagi qismiga o‘tgan ilk shimoliy koreyalik yetakchi bo‘ldi. Shimoliy Koreya yetakchisi u yerda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashdi.

Ularning uchrashuvi natijalariga ko‘ra, Pxenyan va Seul Koreya yarimorolining to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishiga erishish istagida ekanligi bildirilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga Nobel mukofoti berish taklif etildi