16:25 / 30.04.2018
4 649

Soyabon bilan "jang qilgan" Tramp mag‘lubiyatga uchradi (video)

Соябон билан "жанг қилган" Трамп мағлубиятга учради (видео)
Vashingtondan xizmat safaridan qaytayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp kuchli shamol teskari qilib qo‘ygan soyaboni bilan “jang qildi”, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mazkur voqea aks etgan videoni Atrupar nikli foydalanuvchi o‘zining Twitter sahifasiga joylashtirdi. Uni ushbu HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Uning “Soyabon yaxshi ishlamayapti” deb hazillashib yozgan izohi ijtimoiy tarmoqlarga keng tarqaldi. Foydalanuvchilar ham hazillashib, bunda Rossiyaning qo‘li borligini, Tramp soyabonini teskari qilib, davlat xavfsizlik qo‘mitasining signalini tutayotganligi haqida izohlar qoldirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Soyabon bilan "jang qilgan" Tramp mag‘lubiyatga uchradi (video)