22:57 / 04.05.2018
5 623

Ayiq bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi halok bo‘ldi (video)

Ayiq bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi halok bo‘ldi (video)
Hindistonda ayiq bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisini ayiq g‘ajib tashladi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Taksi haydovchisi bo‘lgan Prabxu Bxatara (Prabhu Bhatara) Orissa shtatidan to‘ydan mehmonlarni olib qaytayotganda, yo‘l chetida yotgan yaralangan ayiqqa ko‘zi tushdi. U mashinani to‘xtatib, ayiq bilan selfiga tushmoqchi bo‘ldi. Biroq ayiq uni yerga qulatib, g‘ajib tashladi, oqibatda haydovchi halok bo‘ldi.

Hodisaga guvoh bo‘lganlar Bxatraga yordam berish maqsadida ayiqni og‘ir jism bilan urishdi, biroq hayvon ularning bunday harakatidan battar jazavaga tushdi. Taksi yo‘lovchilari o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga qo‘ng‘iroq qilganda Bxatra olamdan o‘tgan edi. Ushbu hodisani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish imkoniga egasiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayiq bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi halok bo‘ldi (video)