13:27 / 05.05.2018
3 709

Britaniyada «eng qidiriluvchi» kishi Barselonada hibsga olindi

Britaniyada «eng qidiriluvchi» kishi Barselonada hibsga olindi
Barselona politsiyasi Britaniyada «eng qidiriluvchi» inson deb ataluvchi 41 yoshli Jeymi Akurni qo‘lga oldi. Bu haqda «Bi-bi-si»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Amaliyotga Buyuk Britaniya Milliy kriminal agentligi, London politsiyasi va Ispaniya Milliy politsiyasi xodimlari tomonidan tayyorgarlik ko‘rildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining qurollangan xodimlari erkakni Barselonadagi trenajer zali yonida juma, 4 may kuni qo‘lga olishdi, so‘ng uni qamoqqa joylashtirishdi.

Akur giyohvand moddalarni juda katta ko‘lamda yetkazib berishni tashkil etishda gumonlanmoqda. Erkakka nisbatan surishtiruv ishlari 2016 yilda boshlandi.

Ayni damda Akur Madriddagi qamoqxonada kelasi hafta o‘tkaziladigan sud majlisini kutmoqda. Unda uni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada «eng qidiriluvchi» kishi Barselonada hibsga olindi