17:07 / 05.05.2018
4 524

AQShda yarim million dollar yerga sochilib ketdi

AQShda yarim million dollar yerga sochilib ketdi
AQShning Indianapolis shtati yaqinida inkassator avtomobilidan yarim million dollar naqd pul sochilib ketdi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Xabar.uz yozmoqda. Hodisa haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgan, keyin esa shtat politsiyasi ham rasmiy ma’lumot e’lon qilgan.

Aytilishicha, mashinadan 600 ming dollar sochilib ketgan. Politsiyaning izoh berishicha, harakat paytida mashinaning eshigi ochilib ketib, pul xaltalari tushib qolgan. Zarba natijasida xaltalar yorilib, pullar sochilgan.

Yo‘ldagi pullar ko‘pchilikning e’tiborini tortib, haydovchilar mashinalarini tashlab pul tera boshlagan. Xabar qilinishicha, ba’zilar butun xaltalarni ham olib ketgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar odamlarni pullarni qaytarishga majbur qilishgan. Politsiya avariyadan so‘ng pul yiqqan odamlar o‘g‘irlikda ayblanishini ma’lum qilib, ularni pulni qaytarishga chaqirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda yarim million dollar yerga sochilib ketdi