20:17 / 05.05.2018
4 634

Moskvada Aleksey Navalniy qo‘lga olindi (video)

Moskvada Aleksey Navalniy qo‘lga olindi (video)
Muxolifatchi Aleksey Navalniy Moskva markazida ma’muriyat bilan muvofiqlashtirilmagan holda norozilik aksiyasi o‘tkazilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda rus OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytiladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.


Moskvadagi Pushkin maydonida soat 14:00da muvofiqlashtirilmagan aksiya boshlangan. Navalniy ham unga yetib keldi, biroq oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari karnaylar orqali yig‘ilganlarni harakatlari noqonuniy ekani bilan ogohlantirishmoqda va tarqalishga chaqirishmoqda.

Hozirgi vaqtga kelib politsiya bir necha o‘nlab kishilarni qo‘lga oldi, ular orasida «Milliy ozod etish harakati» tarafdorlari ham bor. Qayd etilishicha, Tver ko‘chasidagi harakat to‘sib qo‘yilgan, maydon yonida avtozaklar turibdi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, «U bizga shoh emas» shiori ostidagi norozilik namoyishlari Rossiyaning ko‘plab shaharlarida o‘tkazilmoqda. Jumladan, Yekaterinburg, Samara, Krasnoyarsk, Yakutsk, Novosibirskda bir necha minglab insonlar aksiyada qatnashmoqda.











arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada Aleksey Navalniy qo‘lga olindi (video)