23:09 / 06.05.2018
4 179

Eron rahbariyati AQShni IShID jangarilarini Afg‘onistonga yo‘naltirishda aybladi

Eron rahbariyati AQShni IShID jangarilarini Afg‘onistonga yo‘naltirishda aybladi
Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyning bosh harbiy maslahatchisi Yahyo Rahim Safaviyning ma’lum qilishicha, AQSh IShID jangarilarini Afg‘onistonga qayta yo‘naltirmoqda. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

«AQSh hukumati IShIDni o‘zi tashkil etganini tan oldi, bugun esa bizda amerikaliklar IShID jangarilarini Afg‘onistonga yo‘naltirayotganiga doir dalillar bor», — dedi general Safaviy.

Eron oliy yetakchisi maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, AQShning Yaqin Sharq mintaqasida bo‘lib turishi xavfsizlikka tahdiddir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington mazkur mintaqani huvillatish bilan shug‘ullanishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron rahbariyati AQShni IShID jangarilarini Afg‘onistonga yo‘naltirishda aybladi