15:06 / 09.05.2018
5 277

Zimbabveda qo‘lini timsoh tishlagan qiz nikoh to‘yini kasalxonada o‘tkazdi

Zimbabveda qo‘lini timsoh tishlagan qiz nikoh to‘yini kasalxonada o‘tkazdi
Zimbabveda nikoh to‘yiga bir necha kun qolgan qizning qo‘lidan timsoh tishlab olganiga qaramasdan, u nikoh to‘yini o‘tkazdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Zanel Ndlovu va uning yigiti Jeymi Foks Zambezi daryosida shishirilgan qayiqda suzib yurgan vaqtda ularga timsoh hujum qilgan. Hayvon qizning qo‘lidan tishlab olgan. Foks qizni qirg‘oqqa olib chiqib, qo‘lini bog‘lagan.

Jiddiy jarohatiga qaramasdan, qiz nikohdan o‘tishni qoldirmaslikka qaror qilgan va hodisadan bir necha kun o‘tib, kasalxonada nikoh to‘yini o‘tkazgan.

O‘tgan yilda Zimbabveda timsohlar hujumi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zimbabveda qo‘lini timsoh tishlagan qiz nikoh to‘yini kasalxonada o‘tkazdi